1/20/2016

Shokoladli kuxe




Shunaqa mazali, shunaqa mayin, shunaqangi yumshoq chiqarkan bu shokoladli kuxe. Buni retseptini Dildora ismli opam o'rgatdila. ularga rahmat, shunday ajoyib retseptni biz bilan ulashganlari uchun. opam bu retseptni Aliyani saytidan olgan ekanlar,  Mana Aliyaning Shokoladli kuxesi . Bizning uydagilarga juda, juda yoqti.

1/19/2016

Ekler (profitrol)




Bu retseptni facebookdagi "Qizlar davrasida pazandalik sirlari" guruhi admini Nastarin Nur opam o'rgatgan MK  darsidan o'rgandim. Oldin bir ikki marta qilib ko'rgandim , o'xshamagan edi. Bu esa zo'r chiqti. opamga rahmat :-) 

Olmali pirog

Olmaxo'rlar uchun noodatiy,  ajoyib pirog ekan. Juda yumshoq va mazali bo'lar ekan. Albatta tayyorlab ko'ring 

Osh


O'zbek dasturxonini tansiq taomlaridan biri bu palov. Meni eng sevimli taomlarim ro'yhatida turadi. Har bir viloyatning palov tayyorlash bo'yicha o'z uslubi bor. Hammasi o'zgacha ta'm, o'zgacha maza! Palovni shu darajada yaxshi ko'ramanki, har kuni bo'lsa yo'q demasdim. :)

1/14/2016

Loviyali salat

Dadamning eng sevimli salatlaridan biri bu loviyali salatdir. Qancha bo'lsa ham mazza qilib yeydilar. Tayyorlanishi juda oson va juda mazali salat. Albatta tayyorlab ko'ring :)

Olmali pechenye





Bu retseptni Mana bu yerdan ko'rganman. ammo huddi videodagidek qilmadim. uyda bor mahsulotlardan qildim)) biroz kuyib qoldi. shunday bo'lsa ham mazasi yaxshi chiqti , hammaga qilib ko'rishni maslahat beraman.

1/13/2016

Lavlagili salat


Bu salat eng foydali salatlar turkumiga kiradi. Ayniqsa kamqonlar uchun ayni muddao. Tayyorlanishi juda oson va oddiy. Halq tilida bu salat "Venegret" deb nomlanadi.

1/02/2016

Somsa

Konus somsa. Odatdagi rulet qilib o'rab qilinadigan somsadan ko'ra ancha qatlari bilinib, yumshoqqina bo'lib pisharkan. Bu usulda somsa tayyorlashni men telegramgi pazanda qizlardan o'rgandim. Oilamizdagilarga juda yoqti

Bozor xonimi




Tayyorlanish jarayoni

1. Suv+tuz+unga oddiy hamir qilib , tindirishga qo'yiladi.
2. Tinguncha kartoshkani qirg'ichdan chiqarib, piyozni mayda tog'rab turiladi.





3. Hamirni yoyib kattaroq to'rtburchak qilib kesib chiqiladi.
4. Honimni 2 hil usulda tugsa bo'ladi. Biri mantiga o'xshab, ikkinchisi esa xamirni chetiga masalliqni solib chekkalarini yopib chiqiladi. Qay usulda qilish hoxishingiz

      Bu 2-usul


5. Ustini yog'lab ustma-ust tahlab chiqiladi. Teshiklariga joy qolishi kk. Bo'lmasa pishmay qoladi. Baland olovga 50 minutga qo'yiladi


6. Xonim pishguncha tomat tayyorlaniladi. 1 kattaroq Piyozni mayda tog'rab tilla rang bo'guncha qovurib, so'ng 3 osh qoshiq tomatniy pasta solib ozgina qovurib suv solinadi.
7. Tabga qarab tuz, shakar solinib 15-20 daqiqa qaynatiladi.
8. Tayyor xonimni tog'orachaga orasiga sousini qo'yib ustma-ust terib chiqiladi. Ustini selofan 1 sotga yopib qo'yiladi.

12/21/2015

Snikers pirojniylari



Kerakli mahsulotlar:

1 ta margarin (Shedroe leto deyilipti retseptda)
1 st qaymoq
1 st shakar
1 pachka razrixlitel
6 ta tuxum sarigi
3 st un (Yumshoq qo'lga yopishmaydigan bo'guncha)

Tayyorlanish jarayoni:


        Idishga Margarin, qaymoq, 6 ta tuhum sarig'i, razrixlitel, shakar solib yaxshilab aralashtiriladi.




Hammasini aralashtirip un solib yumshoq xamir qoriladi.


Listga yoyiladi.

 Sgushenka surib 
yong'oq sepiladi.


6 ta tuxum oqi 1 st shakar bn ko'pirtiriladi.


Qattiq beze bo'lguncha


 Xamirni ustini Beze bn yopiladi.
1 soat past olovda pishiriladi.
Tayyor bo'lgach kesip ustini qora sgushenka bn bezatiladi. Oq to'g'rab shokolad sepiladi. ( Bezatish xohishga ko'ra)


Yoqimli ishtaha 

11/28/2015

Panna cotta




 Kerakli mahsulotlar

0.5 l qaymoq
0.5 l sut
1 st shakar
60 gr jelatin ( tovuqniki yoki molnikini)
0,5 st suv
Ranglar 


Tayyorlanish jarayoni:

🍮Jelatinni suv bn aralashtirib, vadinoy banyaga qoyamiz, 15 daqiqa



Sut , qaymoq va shakarni idishga solib gazga qoyamiz, 1 marta qaynashi bn ochiramiz


🍮Jelatin 15 daqiqadan so'ng bir hil massada, malochniy rangga kirgan b.sa tayyor bo'ladi.

🍮Jelatinni , qaymoqli massaga solamiz.

 Tayyor bo'lgan massani 3 yoki 4ga alohida kosachalarga bo'lib kerakli rangni qo'shamiz. Va qoliplarga solib muzlatkichga 15 daqiqaga qo'yamiz.

🍮15 daqiqadan song muslatkichdagini ushlab korasiz qotgan bolsa, keyingi rangni qoshasiz. Va shu tariqa davom etadi.

 Bu disert hona haroratida eriydi. Muzlatkichda turishi kk. Yeyiladigan payt chiqariladi. Mazasi marojniyga o'xshab ketadi. 
Yoqimli ishtaxa :-)


Oddiy salat



Salat

4 ta tuhum
200 gr qattiq sir
1 ta bodring
Yarim bog' ko'kat ( hoxlagan)
300 gr qotirilgan non ( suharik)
Mayonez

Tayyorlanishi


Qaynatilgan tuhumni qirg'ichdan chiqarib olamiz, ustidan sirni ham qirg'ichdan chiqarib solamiz, ketidan bodringni mayda тog'rab, ko'katlarni ham tog'rab, suharik va mayonez( 2,3 dona chisnokni aralashtirib yuborsa zo'r bo'ladi) qo'shib aralashtiramiz. Suharik hrustyashiy bb tursin desangizlar ustidan shunchaki sepib qo'ying aralashtirmay. Bezatish hoxishiylarga ko'ra. Men 1,5 l baklashkani o'rtasini kesib , shuni ichiga salatni solib shakl qilib bezatdim.
Yoqimli ishtaha :-)



Napaleon



Napaleon


Kerakli maxsulotlar
250 g sariyog' yoki sifati yaxshi margarin
1 ta tuhum
2-3 stakan un
60 ml suv
1 chimdim tuz

Kremiga
1 bonka sgushonka
200 gr sariyog'
Vanilin

Har bir qavatini pishirish uchun qog'oz


Tayyorlanish jarayoni

1. 60 ml suvga , 1 ta tuhumni solib , sekinlik bilan aralashtiramiz




2. 1 stakan unga,1chimdim tuz solib, tuhumli aralashmani quyamiz

3. Aralashmadan hamir qoramiz. Hamir qo'lga yopishadigan bo'lishi kk. Agar judayam yopishqoq bo'lsa ozgina un qo'shamiz. Agar judayam quruq bb qo'lga yopishmasa ozroq suv quyamiz. Va massani yopib, chetga olib qo'yamiz





4. Alohida idishga sariyog'ni(yoki margarinni) qirg'ichdan chiqarib, 1 stakan un qo'shib, yog'li hamir qoramiz. Bu ham yopishqoq bo'ladi.



5. Kattaroq tahtaga un sepib, yog'li massani qo'yib, to'rtburchak shaklga keltiriladi, tahminan 14x18 sm kattalikda bo'ladi va shu turishida 30 minut holodilnikka qo'yiladi. Tuhumli hamir stolda turadi.





6. 30 minutdan so'ng margarinli massani olib, stolga un sepib, xohlasangiz dumaloq, hoxlasangiz to'rtburchak, hullas nima chiqsa shunday qilib yoyasizlar)) o'qlovga un sepib olish kk , bo'lmasa hamir yopishadi



7.Margarinli massani o'rtasiga tuhumli massani solamiz va tuhumli massani ozroq cho'zamiz, so'ng 4 tarafidan margarinli massa bn yopib chiqamiz


8. Massani olib to'rtburchak qilib yoyamiz, (yoyilvotganda chetlari yirtilsa un sepib yamab qo'yiladi o'zbekchilik)) katta yoyish shart emas. Keyin 2ga buklaymiz va yana buklab, tahtaga un sepib 20 daqiqaga holodilnikka qo'yamiz.


9. 20 daqiqadan so'ng massani olamiz, Massa endi umuman boshqacha mayin, cho'ziluvchan bo'ladi. katta to'rtburchak qilish shart emas. 2 martda buklab un sepib, massani yana holodilnikka 10 minutga qo'yamiz



10. Massa tekis bo'lmasligi, chetlari qotishi mumkin bu norma! Duhofkani maksimumga yoqib qo'yamiz.2 ta qog'oz tayyorlaymiz pishirishga, biri pishayotganda, ikkinchisi yoyish uchun kk boladi, hamirni 4 ga bo'lamiz



11. Hamirni tagi ko'rinadigan daraja bo'lguncha to'rtburchak qilib yoyamiz. Vilka bn teshib chiqamiz. Agar vilka bn teshilmasa ular shishib, xomiladirga o'xshab qoladi :D agar teshiklari ko'payib ketsa , yumshoq bb qoladi, qavat qavat bo'lmiydi, shuni uchun orasini 7-9 sm uzoqlikda qilib teshib chiqamiz. Birini duhofkaga qo'yganda , ikkinchisini yoyib turamiz.



12. Qizigan duhofkaga solgandan so'ng 220ga tushiramiz, 5 daqiqada pishadi. Kimga qanaqa rangi yoqsa shu rangga kelganda duhofkadan olishi mumkin.



13. 1 ta rossiskiy, sifati yaxshi molokoni olib, unga 200 g sariyog' va 1 ta vanilin qo'shib. Mikserda yaxshilab aralashtiramiz ( blenderda ham qilsa bo'ladi) o'tib ketsa chiriydi, ehtiyot bo'linglar !


14. Ustiga urvoq sepish un chetlarini kesib olamiz. Hammasini bir xil qilishga harakat qilamiz.So'ng eng kattasini tagiga, eng chiroylisini ustiga, eng qo'rqinchlisini o'rtasiga qo'yib chiqamiz krem bilan :-D


15. Kremni juda ehtiyotlik bn suramiz, dumaloq shishib chiqqanlarni yormaslikka harakat qilamiz. Qavatlarini ustma ust qo'yayotganda ularni bosmaymiz. Faqatgina eng ohirgi qavatni krem surtmasdan ozginagina bosish mn.



napaleon tayyor. Yoqimli ishtaha