1/19/2016

Ekler (profitrol)




Bu retseptni facebookdagi "Qizlar davrasida pazandalik sirlari" guruhi admini Nastarin Nur opam o'rgatgan MK  darsidan o'rgandim. Oldin bir ikki marta qilib ko'rgandim , o'xshamagan edi. Bu esa zo'r chiqti. opamga rahmat :-) 


Retseptni guruhdan copy, past qilaman)) rasmlar o'zimniki..)

Kerakli mahsulotlar:

Xamiri uchun:
1 st un,
4 ta tuxum,
1 st suv,
100 gr saryog' yoki margarin,
tuz.

Kremiga:
1,5 stakan sut
1,5 stakan shakar
3 osh qoshiq un ( to'la qilib, qoshiqda huddi tog'dek tursin)))
200 gr shedroe leto

Tayyorlanish jarayoni:

Suv va margarin qaynatiladi. 



Bir chimdim tuz va un solinadi. Tez aralashtiriladi. 



Kastryulka chetidan oson ko'chadigan massa hosil bo'ladi



Sovutiladi. So'ng 4 ta tuxum bitta-bittadan solinib, mikserda aralshtiriladi. Quyuq, cho'ziluvchan xamir chiqadi.

konditer qopchasiga masaliq solinadi. solishning eng oson yo'li qopchani avval stakanga solib olib, keyin massa solinsa, ancha qulay bo'ladi.



Qog'oz qo'yilgan listga konditer qopchasi yordamida xamirlarni quyib chiqamiz.



180 gradusda qizdirilgan duxovkada 40 -60 minut pishirib olamiz. o'rtacha 40 minutda pishadi.



Ekler chetini teshib nasadkada krem quyiladi

Kremi: Idishga sut, shakar, unni solib aralashtirilib baland olovga gazga qo'yiladi. Tinmay aralashtiriladi. Qaynab, quyuq holga kelgach gazdan olinadi. Sovuq suvli idishga (vannaga) qo'yilib sovutiladi. Yaxshilab sovugandan so'ng , hona haroratidagi margarin solinib avval qoshiqda yaxshilab atalanadi, so'ng mikserda 2-3 daqiqa ko'pirtiriladi. Krem tayyor :-) yana qaymoqli krem ham yaxshi ketar ekan ekler uchun..

tayyor eklerlarni xohishga ko'ra bezatiladi. Men yarimta plitkani 50 gr margarin bn eritib , eklerchalarni botirib, ustiga bezakchalarni septim...



Комментариев нет: