1/14/2016

Loviyali salat

Dadamning eng sevimli salatlaridan biri bu loviyali salatdir. Qancha bo'lsa ham mazza qilib yeydilar. Tayyorlanishi juda oson va juda mazali salat. Albatta tayyorlab ko'ring :)



Kerakli mahsulotlar

1 kosa qizil loviya
1 dona bulg’or qalampiri (balgarskiy) yashil, qizil, sariq (farqi yo’q)
2 dona bodring
2 dona pomidor
2 bo’lak sarimsoq piyoz (chisnok)
1 dona piyoz
Ko’katlar
Yog’ ( 2-3 osh qoshiq)

Tayyorlanish jarayoni:



Loviyani 25-30 daqiqa mobaynida qaynatib, pishirib olinadi. Qaynab chiqqandan so’ng 2,3 marotaba oz-ozdan muzdek suv quyib turiladi (loviya ezilmay pishishi uchun) pishishiga 5 daqiqa qolganda ta’bga ko’ra tuz solinadi


Tovaga yog’ni solib, qizigandan so’ng piyozni 2-3 daqiqa qovurib olinadi

So’ng bulg’or qalampirini solib, yengilgina aylantirib sarimsoq piyoz ham solib yuboriladi.

Bodringni somoncha, pomidorni kubik shaklida tog’raladi

Pishgan loviya sovugandan so’ng , qovurib olingan massa, bodring, pomidor, ko’katlar bilan aralashtiriladi. 

Bezatib , dasturxonga tortiladi. Yoqimli ishtaha


1 комментарий:

Анонимный комментирует...

Zòr salatde🩶