1/19/2016

Olmali pirog

Olmaxo'rlar uchun noodatiy,  ajoyib pirog ekan. Juda yumshoq va mazali bo'lar ekan. Albatta tayyorlab ko'ring 


Kerakli mahsulotlar:

200 gr margarin (sariyog')
3-4 st un (yumshoq hamir bo'lguncha)
200 gr Smetana (men qaymoq soldim)
100-150 gr shakar (1 osh qoshiq shakar 25 gr. shunga ko'ra 6 osh qoshiq shakar yetadi)
2 ta tuhum
0.5 choy qoshiq soda
vanilin
8 ta olma
1 choy qoshiq korritsa (men solmadim)
shakar upasi
ta’bga ko’ra yong’oq , mayiz ham solsa bo’ladi (hoxishingiz)

Tayyorlanish jarayoni:




Idishga tuhum, qaymoq, shakar va vanilin solib aralashtiriladi


Alohida idishga margarinni qirg’ichdan chiqarib


Un bilan uvalanadi



 Ustiga qaymoqli massani qo’shib, yumshoq hamir qoriladi


2 bo’lakka bo’lib , holodilnikka tindirishga qo’yiladi


Hamir tinguncha, olmalarni tozalab turiladi


Tingan hamir listga yoyiladi


Ustidan olmalar terib chiqiladi. Men yong’oq ham maydalab soldim. Olmalar biroz nordonroq ekan, shu sabab chakchakdan qolgan asalli sirob bor edi, shuni olmalarni ustidan surib chiqdim. (olma nordon bo’lsa asal surish yoki shakar sepish ham mumkn)


Ustidan ikkinchi hamir bilan yopiladi

180 darajada qizigan duhofkaga 40 daqiqa davomida pishirib olinadi


Pishgandan so'ng ustiga shakar upasi sepilib, kesiladi va dasturxonga tortiladi. Yoqimlimli ishtaha


Bunisi esa kesilganda


Комментариев нет: