8/23/2015

Lo'la kabob



Retseptni instagramdagi
 @dunyo_taomlari profilidan olgandim, juda mazali chiqti. Profil egasiga Tashakkur  :-) 

Kerakli mahsulotlar

700-800 gr tovuq (18 ta kabob uchun)
2 ta piyoz
4 dona sarimsoq piyoz
1 ta tuhum
yarimta baton non
100 ml sut yoki suv
ziravorlar
200 ml kungaboqar yog'i
3-4 ta bulg'or qalampiri (balgarskiy)
1 ta pomidor
0.5 kg kartoshka

Tayyorlanishi

Tovuq, 1 ta piyoz, sarimsoq piyoz hammasi qiymalagichdan o'tkazib, 1 ta tuhum va yarimta baton non bilan ozroq sutga ivitilib massaga solinadi va yaxshilab aralashtiriladi


 Massaga ta'bga ko'ra ziravorlar solinadi. Men Imbir, Koriandr ( kashnich urug'i), zira , perets qora va qizilidan soldim. 



 Kosachaga suv olinib , qo'lni ho'llab shakl yasaladi. Qo'l quruq bo'lsa massa yopishishi mumkin. Hoxlasangiz talqonga , hoxlasangiz unga bulg'ab oling.


 So'ng O'rta olovda tovaga qo'yib , orqa oldi bilan qizartirib pishirib olinadi






Qozonga 1 ta piyoz solib, nomiga qovurib olinadi, keyin 3-4 ta bulg'or qalampirini solib, uni ham nomiga qovurib olinadi, 1 ta pomidor solib, biroz qovurilgach ,  kartoshka tog'ralib u ham solinadi va tahminan yarim piyola suv solinadi.


5. So'ng ustidan kabobchalarni tahlab, 35-40 daqida dimlanadi


Ta'bga ko'ra bezatib , dasturxonga tortiq qilishingiz mumkin 


Yoqimli ishtaha :-)


Комментариев нет: