Assalamu Alaykum. Hozir baqlajonlar eng arzon bo’ladigan
payti. Men qo'ymoqchi bo'lgan retseptim juda mazali va oson. Ovqat o’rniga ham o’taveradi.
Kerakli mahsulotlar
2 ta baqlajon
2 ta tuhum
2-2,5 osh qoshiq un
Tuz
Pista yog’i
Mayonez
2,3 ta bo’lak chisnok
Bodring va pomidor
Ko’katlar
Tayyorlanish jarayoni
Baqlajonni po’stini archib mayda bo’lakalarga kesib, tuz
sepib, tuhum bn birgalikda blenderga solib aylantiriladi
Bir xil massa xosil bo’lgandan so’ng, un qo’shib yana
aralashtiriladi
Mana shunday holatga keladi
Tovaga tahminan 2 cho’mich yog’ solib , baqlajonli massani 1
qoshiqdan solib orqa oldi bilan pishirib olinadi
Yog’ katletni yarmigacha bo’lishi kerak. O’rta olovda
pishiriladi
Yarim kosa mayonezga, chisnokni mayda to’g’rab yoki qirg’ichdan
o’tkizib solinadi
Kotletlarni tahlaymiz
Avval mayonez
keyin Bodring
keyin Pomidor
va eng so'ngida Ko’katlarni sepib ustma ust tahlaymiz. Men 2 qavatli qildim
Hoxishga ko’ra bezatiladi.
Yoqimli Ishtahaa
1 комментарий:
Blendrni orniga nma bn aralawtrsek boladi
Отправить комментарий