1/02/2016

Somsa

Konus somsa. Odatdagi rulet qilib o'rab qilinadigan somsadan ko'ra ancha qatlari bilinib, yumshoqqina bo'lib pisharkan. Bu usulda somsa tayyorlashni men telegramgi pazanda qizlardan o'rgandim. Oilamizdagilarga juda yoqti




Tayyorlanish jarayoni:



1. Suv, tuz, unga osh hamir qilinib, tindirib yoyiladi



   2. Ustiga qo'y yog'i+ sariyog' surib, rasmdagidek o'qlovga o'raladi. Chetini ozgina buklab olinsa o'qlovga yopishmiydi



   3. O'ralgan hamir uzunasiga kesiladi

   4. Keyin o'rtasidan yana uzunasiga kesiladi


5. Kvadratchalar kesib olinadi

6. hamirni xohlasangizlar o'sha, zahoti xohlasangizlar holodilnikda biroz tindirib tuging. Men ikki usulda ham qilganman. Natija bir hil

7.  Kvadratchalarni olib, o'rtasiga qiyma solib , rasmdagidek tugiladi

  8. Listga qog'oz qo'yib, somsalar terib chiqiladi. Orqa oldiga tuhum sarig'ini surtib, kunjut sepib, duhofkaga 180 balandlikdagi haroratga 35-45 daqiqaga qo'yiladi


      Tayyor somsalarni dasturxonga tortishingiz mumkin. Yoqimli ishtaha

Комментариев нет: