1/02/2016

Bozor xonimi




Tayyorlanish jarayoni

1. Suv+tuz+unga oddiy hamir qilib , tindirishga qo'yiladi.
2. Tinguncha kartoshkani qirg'ichdan chiqarib, piyozni mayda tog'rab turiladi.





3. Hamirni yoyib kattaroq to'rtburchak qilib kesib chiqiladi.
4. Honimni 2 hil usulda tugsa bo'ladi. Biri mantiga o'xshab, ikkinchisi esa xamirni chetiga masalliqni solib chekkalarini yopib chiqiladi. Qay usulda qilish hoxishingiz

      Bu 2-usul


5. Ustini yog'lab ustma-ust tahlab chiqiladi. Teshiklariga joy qolishi kk. Bo'lmasa pishmay qoladi. Baland olovga 50 minutga qo'yiladi


6. Xonim pishguncha tomat tayyorlaniladi. 1 kattaroq Piyozni mayda tog'rab tilla rang bo'guncha qovurib, so'ng 3 osh qoshiq tomatniy pasta solib ozgina qovurib suv solinadi.
7. Tabga qarab tuz, shakar solinib 15-20 daqiqa qaynatiladi.
8. Tayyor xonimni tog'orachaga orasiga sousini qo'yib ustma-ust terib chiqiladi. Ustini selofan 1 sotga yopib qo'yiladi.

1 комментарий:

Анонимный комментирует...

Salom, ustini selofan bn 1 soat ga yopib qo'yilsa aynib qolmaydimi?