Retsept
Xamiriga
300 gr margarin
2-3 stakan un
4 ta tuhum sarig'i
1 piyola shiringina qatiq
1 chimdim Iste'mol sodasi
Nachinkasiga
5 ta tuhum oqi
1 piyola shakar
1 kosa yong'oq
1 piyola mayiz
Ustiga terish un yirik yong'oqlar, 1 ta tuhum sarig'i, 2 osh qoshiq asal
Margarinni un yordamida qirg'ichdan chiqarib olinadi va uvalanadi
Uning ustiga tuxum sarig'i, iste'mol sodasi solingan qatiq qo'shiladi
xamir qoriladi. 20 daqiqacha sovuq joyga qo'yiladi. So'ng xamirni 3 zuvalaga bo'lib olamiz.Katta-kichikligi bir-biridan ozgina farq qiladi, ya'ni katta, o'rtacha va kichikroq.
Kichikroq bo'lak patnisga yoyilib pishirib olinadi
sovutiladi
Katta zuvalani patnisga yoyib olamiz, faqat yoyayotgan paytda uning tevaraklari patnisning tevaragidan chiqib turishi kerak.
Ichiga nachinkani, yong'oq va mayizning yarmi solinadi
pishgan xamir bilan yopiladi.
Uning ustiga nachinkaning qolgan yarmi solinadi va uchinchi yoyilgan xamir bilan yopiladi. Birinchi katta zuvala va oxirgi xamir bir-biriga yopishtiriladi(patnisdan chiqib turgan xamir chetlari 3-zuvala xamir ustiga buklanadi).
Bitta tuxumning sarig'i xamir ustiga surtiladi.O'tkir pichoq bilan rasmdagidek kesib chiqiladi (orasidagi nachinka pishishi uchun).So'ng har bir bo'lak ustiga yong'oq bo'laklari qo'yiladi.Duxovkaga qo'yiladi.To'liq pishishiga 10-15 daqiqalar qolganda kesilgan joylariga eritilgan asal quyiladi (ikki qoshiq asal yetadi). Yana 15 daqiqa duxovkaga qo'yiladi.
Nachinka uchun tuxum oqi ko'pirtiriladi.Bir piyola shakar qo'shib yana ko'pirtiriladi. nachinka tayyor
Yoqimli ishtaxa :-)
2 комментария:
Zor .masha ALLAH !
Gradus nechi bolish kerek?
Rahmat recept uchun!
Отправить комментарий