9/24/2015

Pahlava





Retsept

Xamiriga
300 gr margarin
2-3 stakan un
 
4 ta tuhum sarig'i
1 piyola shiringina qatiq
1 chimdim Iste'mol sodasi

Nachinkasiga
5 ta tuhum oqi
1 piyola shakar
1 kosa yong'oq
1 piyola mayiz

Ustiga terish un yirik yong'oqlar, 1 ta tuhum sarig'i, 2 osh qoshiq asal

Margarinni un yordamida qirg'ichdan chiqarib olinadi va uvalanadi





 Uning ustiga tuxum sarig'i, iste'mol sodasi solingan qatiq qo'shiladi


xamir qoriladi. 20 daqiqacha sovuq joyga qo'yiladi. So'ng xamirni 3 zuvalaga bo'lib olamiz.Katta-kichikligi bir-biridan ozgina farq qiladi, ya'ni katta, o'rtacha va kichikroq.

Kichikroq bo'lak patnisga yoyilib pishirib olinadi

 sovutiladi


Katta zuvalani patnisga yoyib olamiz, faqat yoyayotgan paytda uning tevaraklari patnisning tevaragidan chiqib turishi kerak.

 Ichiga nachinkani, yong'oq va mayizning yarmi solinadi


pishgan xamir bilan yopiladi.

Uning ustiga nachinkaning qolgan yarmi solinadi va uchinchi yoyilgan xamir bilan yopiladi. Birinchi katta zuvala va oxirgi xamir bir-biriga yopishtiriladi(patnisdan chiqib turgan xamir chetlari 3-zuvala xamir ustiga buklanadi).

Bitta tuxumning sarig'i xamir ustiga surtiladi.O'tkir pichoq bilan rasmdagidek kesib chiqiladi (orasidagi nachinka pishishi uchun).So'ng har bir bo'lak ustiga yong'oq bo'laklari qo'yiladi.Duxovkaga qo'yiladi.To'liq pishishiga 10-15 daqiqalar qolganda kesilgan joylariga eritilgan asal quyiladi (ikki qoshiq asal yetadi). Yana 15 daqiqa duxovkaga qo'yiladi.



Nachinka uchun tuxum oqi ko'pirtiriladi.Bir piyola shakar qo'shib yana ko'pirtiriladi. nachinka tayyor


 
Yoqimli ishtaxa :-)


2 комментария:

Анонимный комментирует...

Zor .masha ALLAH !

Анонимный комментирует...

Gradus nechi bolish kerek?
Rahmat recept uchun!