Kerakli mahsulotlar:
250 gr margarin (hona haroratida)
Yarim stakan qaymoq
1 pachka razrixlitel
3-4 st un
1 ta varenka. shakarli qaynatilib quyultirilgan sut (varyonniy moloko)
ustiga sepish uchun shakar upasi (saharnaya pudra)
Tayyorlanish jarayoni:
Unga razrixlitel va hona haroratidagi margarinni solib, qo'lda yaxshilab ezib, uvalanadi. Massaga yarim stakan qaymoq solinadi
Qo'lga yopishmaydigan yumshoq hamir qorilib, yong'oqdek zuvalachalar qilinadi, so'ng muzlatgichga tindirishga qo'yiladi
Tingan hamir, rasmdagidek uzunchoq qilib yoyiladi, ichiga varenka solib, chetlari yopilib o'raladi.
180* darajali dimxonaga (duhofka) usti qizarguncha pishiriladi. Pishib sovugach ustiga shakar upasi (saharniy pudra) sepiladi.
Yoqimli ishtaha
Комментариев нет:
Отправить комментарий