1/20/2016

Shokoladli kuxe




Shunaqa mazali, shunaqa mayin, shunaqangi yumshoq chiqarkan bu shokoladli kuxe. Buni retseptini Dildora ismli opam o'rgatdila. ularga rahmat, shunday ajoyib retseptni biz bilan ulashganlari uchun. opam bu retseptni Aliyani saytidan olgan ekanlar,  Mana Aliyaning Shokoladli kuxesi . Bizning uydagilarga juda, juda yoqti.
Shunday qilib retseptni yozaman

Kerakli mahsulotlar:

4 ta tuhum
2 st shakar
1 st sut
1 st yog'
1 pochka vanilin
3 osh qoshiq kakao
1 paket Razrixlitel
2 st un

Tayyorlanish jarayoni:
Tuhum, shaker va vanilinni idishga solib, mikserning eng ohirgi tezligida yaxshilab ko’pirtiriladi


Shakari yaxshi erib, ko’pirib, oppoq bo’guncha ko'pirtiriladi


Yog’ solinadi

Sut solinadi

Keyin kakao solinib

Yaxshilab aralashtiriladi

Un bn razrixlitelni aralashtirib, massaga elakdan elab solinadi

Va yaxshilab aralashtiriladi

Massani qolibga solinadi (mendagi 26sm lik qolib)
180 darajada qizdirilgan duhofkaga 45 daqiqaga qo’yiladi (meniki 1 soatda pishdi)
Ustini xohishga ko’ra bezatiladi


Albatta qilib ko’ring. Yoqimli ishtaha

2 комментария:

Aziza Nur комментирует...

mmmm yegim keldi)

Анонимный комментирует...

Rahmat resept judayam tushunarli yozilgan gap yuk�� lekin kremizni kilishni yozsangiz judayam zor bolardi