O'zbek dasturxonini tansiq taomlaridan biri bu palov. Meni eng sevimli taomlarim ro'yhatida turadi. Har bir viloyatning palov tayyorlash bo'yicha o'z uslubi bor. Hammasi o'zgacha ta'm, o'zgacha maza! Palovni shu darajada yaxshi ko'ramanki, har kuni bo'lsa yo'q demasdim. :)
Kerakli mahsulotlar:
Kerakli mahsulotlar:
0,5 kg qo’y go’shti
1 kg guruch (1litrli bankada to’la guruch , 1 kg ga
teng)
1 kg sabzi
3 cho’mich oq yog’
1 stakan no’xot
1 dona behi
2 dona sarimsoq piyoz(chisnok)
2 dona yirik piyoz
Ziravorlar (ta’bga ko’ra, men tayyor mayizli,
ziravorli priprava soldim)
Tayyorlanish
jarayoni:
Qozonga yog’ solib, qizigandan so’ng go’shtni
qizarguncha qovurib, piyoz solib yana qovuriladi. ( to’qroq rang oshni
hoxlovchilar piyozni ko’proq qovursin. Biznikilar oq oshni yoqtirishadi, shu
sabab piyozni ko’p qovurmadim)
Sabzi solinib,
eti o’lguncha qovuriladi
Sabzini eti o'lgandan so'ng , ustini yopgungacha suv solinib, ustidan ivitilgan
no’xot solinadi.( no’xot pishguncha tuz solinmaydi)
Qaynab chiqqandan so’ng sarimsoq piyoz, behi
bo’laklarga bo’lib solinadi va 20-30 daqiqa mobaynida qaynatiladi.
Oshni damlashdan oldin ziravor, mayizlarni solib
Ustidan guruch solinadi, guruchni tekislab ,
botgunigacha suv solinib, suvi tortilgungacha baland olovda qaynatiladi.
Suvi tortilgandan so’ng, guruchni do’ppidek yig’ib,
ustidan 5-6 ta qoshiqda teshikcha yasaladi.
Ustidan zira sepib, pishgan sarimsoq piyoz va behilar
terib chiqililadi( ichida ezilib ketishi mumkin, chisnokni solib qo'ysa ham bo'laveradi) past olovda 25-30 daqiqa damlab
qo’yiladi. Palov tayyor bo’lgach , suzib dasturxonga tortiladi.
Yoqimli ishtaha
4 комментария:
1 litrli bankadagi guruch 1 kilo chiqmiydi) o'lchab ko'ring opu)
Nega singlim? Bizda bozrchila shunaqa o'lchaydiku?
Ular kilolab oladi-da, bankalab sotadi)) Shunda foyda qoladi ;)
Bir marta do'konga chiqqanimda 1 kg guruch bering desam bir banka solgan, taroziga tortib bering deganman, unda singim 6ming emas 6yarim ming so'm bo'ladi degan. yo'q 6 ming beraman 1 kg berasiz! deb turib olganman)) U desa u deb bu desa bu deb oxiri 1kgni 6mingga olganman.)) uyga kelib ayamga aytsam do'kondagilar o'zi shunaqa sotadi deydila.. Guruchni do'kondan olmasdik, o'sha kuni qolmagan ekan
Ajoyib
Отправить комментарий