Bu retseptni Mana bu yerdan ko'rganman. ammo huddi videodagidek qilmadim. uyda bor mahsulotlardan qildim)) biroz kuyib qoldi. shunday bo'lsa ham mazasi yaxshi chiqti , hammaga qilib ko'rishni maslahat beraman.
Kerakli mahsulotlar:
200 gr shedroe leto
Keragicha un
1 piyola qatiq+soda
1 kosa yong’oq
6-7 dona olma
5 osh qoshiq shaker
Tayyorlanish jarayoni:
Margarinni qirg’ichdan chiqarib , un bn uvalab olinadi
Uksusda o’ldirilgan sodani qatiqqa aralashtirib,
margarinli massaga solinadi
Yumshoq, qo’lga yopishmaydigan hamir qorilib, 4 ta
zuvalaga bo’lib olinadi va haladilnikka tindirishga qo’yiladi.
Hamir tinguncha, olmalarni kubik tog’rab, yong’oq ,
shakar bn aralashtirib
olovda 5-7 daqiqa qizartirib olinadi
Zuvala olinib, dumaloq shaklda yoyiladi. 4 ga
bo’linadi
Olmali massa qo’yilib , rasmdagidek kesib, tugiladi
30-35 daqiqa oralig’ida o’rta olovda pishirib olinadi.
Meniki biroz vaqti o’yib ketdi. Aybga buyurmaysizlar))) shunday bo'lsayam mazaligina chiqti. pishgan pichenyelarni issiq choy bilan ichiladi, Yoqimli ishtaha
1 комментарий:
juda ishtahali ham oson ekan rahmat!
Отправить комментарий