8/21/2015

Otajonim Hayotim Mazmunisiz!


Mehribonim, Suyangan tog'im Otajonim.. Sizni qanchalik yaxshi ko'rishimni bilsangiz edi. Meni dunyoga kelishimga sababchi bo'lganingiz uchun Allohga behad hamdu sanolar aytaman. Umrbod sizni hizmatingizni qilsam ham, haqqingizni ado etolmayman. Siz haqingizda yozish menga oson emas. Dilimdagilarni barini aytsam ham ko'nglim to'lmaydi, kamdek tuyulaveradi. Sizga bo'lgan mehr muhabbatim ummon qadar cheksiz. Alloh meni shunchalik suyarkanki, sizdek insonni menga Ota qilib berdi, men juda ham bahtliman, Alhamdulillah. Siz oilamizning Qo'rg'onisiz. Biz sizga suyanamiz. Siz qanchalik mustahkam bo'lsangiz, biz shunchalik o'zimizga ishonamiz, o'zimizni kuchli his qilamiz. Ilohim umringiz uzoq bo'lsin. Bitta ota farzandini qanchalik yaxshi ko'rsa, siz ham meni shunchalik yaxshi ko'rasiz. Dunyodagi barcha Otalardanda ziyod meni suyasiz. Shu sabab men doim o'zimni Malikalardek his qilaman.


 Otajonim siz shunchalar mehribon, g'amxo'rsizki, menga arzimagan tikon kirsa ham joningiz halak bo'ladi, halovatingizni yo'qotasiz. Ishingiz ko'p bo'lsa ham, men uchun vaqt ajratib, Kun uzog'i tinmay qo'ng'iroq qilib holimni so'raysiz. Naqadar mehribonsiz Otajonim.


Vaqtimni nimalarga sarflayapman, umrimni mazmunli, foydali ishlarga qaratyapmanmi? Shu savollarni har kuni erinmasdan berib turadigan Oilaparvar Otajonim. Siz qattiqqo'l bo'lmaganingizda men hozir qanday inson bo'lib yetishardim. Doimo meni ertamni o'ylab tanbeh berguvchi Otajonim. Men bulardan aslo hafa bo'lmayman. Siz menga yaxshi bo'lsin deysiz , bilaman. O'zimni beminnat maslahatgo'yim Otajonim.


Esimni tanibmanki bobomga , momamga mehribonsiz. Shunchalar e'tiborlisizki, ular uchun hamma narsaga tayyor edingiz. Ilohim joylari jannatdan bo'lsin. Men o'ylanib qolaman. Men ham sizdek farzand bo'la olarmikanman? Sizdek kuyunib, sizdek Mehribon bo'la olarmikanman? Bilmadim.. Ammo shuni aytamanki men umrimni so'ngigacha qo'limdan kelgan barcha yaxshiliklarni qilaman, In Shaa Allah
Sizni judayam, judayam, judayam yaxshi ko'raman.
Fotimangiz…
Qalbim uchun yagonasiz
Mehribonim Otajon
Tinim bilmay harakatda
Mehr berdiz bir jahon
Asrab bizni avaylaysiz
Mehr bilan doimo
Bo'lsin umringiz uzun
Sog' bo'lingiz har qachon
******
Men shunchaki havaskorman, qo'limdan kelgancha tortni o'xshatishga harakat qildim. Qanchalik o'xshata oldim, bilmadim. Asosiysi uydagilar Hursand Смайлик «smile»

Bu tort tug'ilgan kun uchun emas. Shunchaki dadamni hursand qilish uchun. yaqinlaringizni asrab avaylang :-)

Комментариев нет: