Bu chak-chak 3 ta tuhumli . Rasmdagidek 1 lagan
bo'ladi. Hoxishingizga ko'ra ko'paytirishingiz ham mumkin.
Kerakli mahsulotlar
3 ta tuhum
1 chimdim tuz
1 choy qoshiq razrixlitel
Keragicha un (menda 2 stakancha ketdi)
Ozgina pista+qo'y yog'i ( oq yog') hamirga surishga
2 litr yog'
Qiyomiga
2 stakan shakar
2 stakan suv
1 stakan asal
Tayyorlanish jarayoni
1. 3 ta tuhumni oqini ko'pirtirib, juda qattiq bo'guncha ko'pirtirish shart emas. Massaga tuhumni hamma sarig'ini, 1 chimdim tuz , 1 choy qoshiq razrixlitel va keraklicha un solib yumshoq hamir qoriladi. Menda tahminan 2 stakan un ketdi. Ustini yopib 10 daqiqa tindirishga qo'yiladi.
Kerakli mahsulotlar
3 ta tuhum
1 chimdim tuz
1 choy qoshiq razrixlitel
Keragicha un (menda 2 stakancha ketdi)
Ozgina pista+qo'y yog'i ( oq yog') hamirga surishga
2 litr yog'
Qiyomiga
2 stakan shakar
2 stakan suv
1 stakan asal
Tayyorlanish jarayoni
1. 3 ta tuhumni oqini ko'pirtirib, juda qattiq bo'guncha ko'pirtirish shart emas. Massaga tuhumni hamma sarig'ini, 1 chimdim tuz , 1 choy qoshiq razrixlitel va keraklicha un solib yumshoq hamir qoriladi. Menda tahminan 2 stakan un ketdi. Ustini yopib 10 daqiqa tindirishga qo'yiladi.
2. Tingan hamirni olib 0,2 sm qalinlikda yoyiladi
3. Hamirni yarmiga pista yog'i va qo'y yog'ini aralashtirib suriladi
4. yarmini ustiga yopiladi
5. Tahminan 2,5 sm qilib uzunasiga lentalar kesib chiqiladi
6. Har bir lentani olib 1 sm ga kesiladi ( kim qanaqa qalinlida hoxlasa, o'sha qalinlikda kesadi, xohishingiz )
7. Katta qozonga ko'proq yog' qo'yib qizitiladi va o'rta olovga qo'yiladi. Chovliga Kam kamdan solib pishiriladi, ko'p solsa bir biriga yopishib qolar ekan
8. Qozonga solib soat strelkasi bo'ylab tez tez aylantirilsa shunaqa dumaloq bo'lib chiqar ekan. Tezlik talab qilinadi. Bunda chovli bo'lishi shart emas. Qoshiq, vilkadayam aylantirsa bo'ladi.
9. Bularni "oliy navli chak chak" va "past navli chak chak"larga bo'lib ajratib olamiz :-D huniklari ichiga, chiroylilarini ustiga qilib bezatamiz .
10. Qiyomiga. 2 stakan shakarga, 2 stakan suv qo'yib qaynatiladi. Piyolaga muzdek suv olib, qoshiq uchida qiyomdan suvga 1, 2 tomchi tomizing. Agar qiyom suvga tushiboq aralashib ketsa, demak yana biroz qaynatish kerak. Tomchi tushganda stakandagi suvga aralashmay tagiga choksa qiyom tayyor boladi va 1 stakan asalni solib, 1 qaynagandan song ochiriladi.
Agar qiyom kop qaynab ketsa, suvga tomizilganda, tomchi holida qotib suv ostiga tushadi, bu holda asalni solmang, qiyomga ozgina suv solib qaynatingda, tepadagidek tayyor holga kelganda asalni soling
11. Idishga ozgina
tayyor chak chaklarni solib ustida qiyom quyiladi. Aralashtirib laganga terib
chiqiladi
Xohishingizga kora bezatasiz
Yoqimli ishtaha :-)
Комментариев нет:
Отправить комментарий