8/08/2015

1. Basbusa

Assalamu Alaykum. Bu mening Birinchi blogpostim. O'ylaymanki blogim barcha ayol qizlar uchun foydali bo'ladi, In shaa Allah. 
Men hozir qo'ymoqchi bo'lgan pishirig'imni Pazanda.uz saytida ko'rgandim va juda yoqib qolgan edi. Ushbu saytni yuritayotganlarga rahmat aytib qolaman. Juda ham     foydali sayt. 
Bu pishiriq kam harajat, tez va osson tayyor bo'ladi. 




     Kerakli mahsulotlar

1 st shakar
1st manka yormasi (mannaya krupa)

1 st kokos kukuni

1 st un

1 st o'simlik yog'i

1 st qatiq

1 ta tuxum

1 choy qoshiq soda

Vanilin


Qiyomiga

1 st shakar
1 st suv
Yarimta limon soki
1 chimdim vanilin

Tayyorlanish jarayoni

   Idishga avval quruq mahsulotlar  Shakar+ manka yormasi+kokos kukuni + un     solib aralashtiramiz

  

    Aralashtirib so'ng ustidan o'simlik yog'i solamiz

        qatiqqa choy sodasini aralashtirib idishga solamiz

        tuxum solamiz va yaxshilab aralashtiramiz
  Shunday holatga keladi

    Qolipga o'simlik yog'i surtib, nomiga manka yormasini sepib chiqamiz

   Xamirni yoyib 180 °C darajada qizdirilgan duhovkaga 30 daqiqa yoki usti  yengil qizarguncha pishirib olamiz. Hamirga o'zingizga yoqqan yong'qni  qo'yishingiz mumkin

  Pishiriq pishguncha qiyomini tayyorlaymiz. Qiyom masalliqlarini bir idishga solib baland olovda qaynatib olamiz, qaynagach past olovda 10 daqiqaqa qaynatiladi, qiyom tayyor . Pishiriqni olib, iligan qiyomni sepib chiqamiz

     Pirogni olib, hoxlagan shaklda kesiladi va qiyom quyiladi. Ustini                hoxishingizga    ko'ra bezatishingiz mumkin

Yoqimli ishtaxa :-)




Комментариев нет: